Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida Yangi Zellandiyaga kechgan baxsning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan xabaringiz bor.
32 yoshli forvard ushbu turnirda ketma-ket 3-marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilishi bo'lib Ronaldu aynan yuqoridagi baxsdan so'ng eng yaxshi futbolchiga beriladigan sovrinni jamoadoshi Bernardu Silvaga sovg'a qildi.
Yangi Zellandiyaga qarshi kechgan baxsda Ronaldu penaltidan to'p kiritgan bo'lsa, Silva ham o'z nomiga bitta gol yozdirib qo'ydi. Qolaversa, Ronaldu uchrashuvda to'pig'idan jarohat olgan Bernarduga ushbu sovrinni topshirish maqsadga muvofiq deb bildi.