"Bavariya" yarimhimoyachisi Hames Rodrigesning otasi Uilson Rodriges o'g'lining jamoasidagi holati haqida gapirdi.
"U hozir xotirjam, kamgap va unchalik xursand emas. "Yuventus"ga kelsak, agar Italiya futbolining hozirgi vaziyatnini hisobga olganda, yaxshi variant.
Anchelotti va Haynkes uni o'z joyida o'ynatar edilar. Top-futbolchi maydonga chiqishi kerak! O'zining kuchli tomonlarini ishga solishi kerak.. Uni zaxira o'rindig'ida ko'rsam, har safar xafa bo'laman. Butun Kolumbiya shunday qiladi", - deydi futbolchining otasi.
Eslatib o'tamiz, Hamesning transfer huquqi "Real"ga tegishli.