"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu "Real" yarimhimoyachisi Iskoning kataloniyaliklar safiga o'tish imkoniyati haqida gapirdi.
"Agar murabbiylar shtabi futbolchini sotib olishni istasa va o'z navbatida uning o'zi "Real"ni tark etishni istasa, uni sotib olishga harakat qilgan bo'lardik. Ammo bu erga kelganimdan buyon bunday narsa sodir bo'lmagan. Klublar o'rtasida bu borada hech qanday kelishuv yo'q. Har kim o'z amoasini kuchaytirishni o'ylaydi.
Isko? Hurmat yuzasidan avval "Real"ga murojaat qilgan bo'lardim", - deydi Bartomeu.