"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida "Real"ga qarshi kechadigan o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, argentinalik futbolchida mushak jarohati yo'q, bu shunchaki spazm bo'lgan. Ertangi klasikoda o'ynash yoki o'ynamasligini hujumchining o'zi hal qiladi.
Messi kecha jamoa mashg'ulotlarida qatnashgan.
"Barselona" – «Real» uchrashuvi 6 fevraldan 7 fevralga o'tar kechasi 01:00da boshlanadi.