"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'yin haqida
«Taktik jihatdan syurprizlar bo'lishini hech qachon oldindan aytib bo'lmaydi. Bu faqat bir jamoaga bog'liq emas. Chiroyli o'yin ko'rsatishni istaymiz. Bu klasiko, undan barcha rohatlanishini xohlaymiz: chiroyli o'yin namoyish qilib, g'alaba qozonmoqchimiz».
Klasiko haqida
«Klasiko – bu o'zaro yuqori raqobatga ega bo'lgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvi: «River» – «Boka», «Inter» – «Milan», «San-Lorentso» – «Urakan», va tabiiyki, «Real Madrid» – «Barselona», «Real Madrid» – «Atletiko».
Bugun jamoa qozongan jamoa La ligada ham ustunlikka erishadimi?
«Bu ikki xil musobaqa. Biz barcha musobaqalarda g'olib chiqishni istaymiz. Har bir turnirga jiddiy yondashamiz. Avvalgi bahslarda bo'lganidek yaxshi o'yin ko'rsatamiz. Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi oldidan yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishimiz kerak. Ammo kelajakni o'ylamasdan, "Kapm Nou"dagi o'yin muhim ekanini tushunishimiz lozim».
Tarkib borasida
«Valexo o'yinga tayyor. Deyarli barcha futbolchilar safga qaytganidan xursandmiz. Hamma o'yinchilar maydonga chiqishga tayyor bo'lsa, mening vazifam yanada qiyinlashadi. Barcha futbolchilar jamoa manfaati uchun o'zining bor iqtidori, imkoniyati va kuchini sarf qilishi lozim».
Taqvim haqida
«Raqibga nisbatan bir kun kam dam olayotganimiz — juda qiziq. Umid qilaman, bu ataylib qilinmagan. Bu savolni taqvim tuzayotgan odamlarga bersangiz yaxshi bo'lardi. Bizning vazifamiz — o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishdan iborat».
Lionel Messi haqida
«Eng yaxshi futbolchilarning maydonda bo'lishi — bu har doim yaxshi. Messi o'ynadimi yoki yo'qmi — bu holat bizning tayyorgarlik jarayonimizga aslo ta'sir o'tkazmaydi».