Madridning "Real" klubi jamoa sardori Serhio Ramos bilan yangi shartnoma bandlarini yakunlash arafasida.
Prezident Florentino Peresning so'zlaridan kelib chiqadigan bo'lsak, 31 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan amaldagi shartnoma 2021-yilgacha uzaytiriladi. Ramosning amaldagi shartnomasi 2020-yilning 30-iyun sanasida yakuniga yetadi.
Serhio Ramos "Real"da eng ko'p mavsum o'tkazgan futbolchi Manolo Sanchis (18 mavsum) rekordini yangilash uchun 37 yoshgacha "Real"da to'p surishi kerak bo'ladi.