"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ushbu to'qnashuvda favorit yo'q. Bizda ham, raqib jamoa safida ham ajoyib o'yinchilar bor.
Taqvim haqiqatan ham qiyin. Nazarimda, mavsumning eng hal qiluvchi pallasi boshlanmoqda. Artur? Uning ambitsiyalari yuqori va hamisha to'p bilan harakat qilishni istaydi. U jamoaning o'yiniga yaxshi moslashib ketdi va Arturning foydasi ko'p tegmoqda.
Messi? Uning tarkibga kirishi yoki maydon tashqarida qolishi bizning rejamizni o'zgartirmaydi. Hamisha o'z o'yinimizni namoyish qilishga — to'pni nazorat qilishga va gollar urishga harakat qilamiz. Suares — ko'p jihatdan ishonchli o'yin ko'rsatadi. Messi bilan u yaxshi til topishadi. Bu esa bizga yordam beradi. Leo o'zini yaxshi his qilsa, "el-klasiko"da maydonga tushadi. Hozircha esa biror narsa deyish qiyin", — dedi Valverde.