Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl: "Zidandan juda ranjiganman"

"Real" hujumchisi Garet Beyl mavsum-2017/18 dagi EChL finalida jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan tutgan ishga munosabatini bildirdi.

.
- Yuklab olish

"Real" hujumchisi Garet Beyl mavsum-2017/18 dagi EChL finalida jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan tutgan ishga munosabatini bildirdi.

"Liverpul" bilan kechgan o'sha o'yinda Beyl 61-daqiqada maydonga tushgan va ikkita gol urgan.

"Zidan bu haqida men bilan gaplashmadi. Shundan buyon umuman muloqot qilganimiz yo'q. Munosabatlarimiz yaxshi edi. Qalin do'st edik deya olmayman, bu shunchaki professional munosabatlar edi.

Boshlang'ich tarkibdan o'rin olmaganimdan juda ranjigandim. Dekabr oyida olgan arohatimdan qaytganimdan so'ng yaxshi o'ynayotgan edim. Oxirgi to'rt o'yinda beshta gol urgan edim, o'yin boshidan tushishga umid qilgandim.

Nimanidir isbotlayman deb harakat qilishga urinmadim. Jamoa va o'zim uchun nimadir qilishni istadim. Finalda o'ynasang, uyga sovrin bilan qaytishni ko'zlaysan. Agar buning uchun oxirgi 30 daqiqani kutish kerak bo'lgan bo'lsa, mayli, shunday bo'la qolsin", - deydi Beyl.

BestMaster
6 Fevral 2019, 07:20
zidandan, juda, ranjiganman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Zidanni qarori uzini oqlaganku Beyl
6 Fevral 2019, 14:53
shoxcr7real
 shoxcr7real  
O'wa kungi golingni hech qachon unitmaymiz Garid
6 Fevral 2019, 14:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads