"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone EChL yarimfinalida "Real"ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng (2:1, birinchi o'yin - 0:3) fikrlarini bildirdi.
"Biz qoyilmaqom raqib bilan o'ynadik. "Atletiko" birinchi o'yinda o'z ishini juda qiyinlashtirib olgan edi, ammo bugungi o'yin biz nima uchun bir necha yildan buyon Evropaning eng kuchli jamoalariga raqobatchi bo'layotganimizni ko'rsatib berdi. BU noodatiy o'yin bo'ldi, futbolchilarim bor kuchlarini sarfladilar.
Diego Godin va Gabini klonlashtirib bo'lmasligi achinarlidir. Ular faoliyatlarini "Atletiko"ga bag'ishladilar. Biz zo'r o'ynadik, ammo Iskoning goli umidlarimizni chippakka chiqardi. Biz omadga ishongandik va maqsadimizga yaqin kelgandik, ammo Keylor Navas bugun yaxshi o'ynadi", - deydi Simeone.