“Real” yarimhimoyachi Luka Modrichni jamoada olib qolmoqchi.
As nashrining xabariga ko'ra, qirollik klubi prezidenti Florentino Peres xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani yana 1-2 yilga cho'zmoqchi.
Yangi kelushuvga ko'ra, Modrichning maoshi ham oshadi. Qolaversa, Peres Modrich faoliyatini “Real”da tugatishini istamoqda.
Ma'lumot o'rnida, Modrich “Real”da 2012 yildan beri o'ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi.