"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Kubogi yarimfinalining birinchi o'yinda "Real"ga qarshi o'ynamasligi mumkin.
Argentinalik futbolchi "Valensiya"ga qarshi o'yinda olgan jarohati sababli bugun umumiy guruhda shug'ullanmadi.
Avvalroq, uning jarohati jiddiy eemasligi va bugun umumiy guruhda shug'ullanishi aytilgan edi.
Messi Ispaniya chempionatining birinchi davrasida "Real"ga qarshi o'yinda qatnashmagan, bungacha 11 yil davomida "klasiko"ni o'tkazib yubormagan edi.