"Real" yarimhimoyachi Luka Modrichni o'z safida olib qolmoqchi.
As xabariga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres xorvatiyalik 33 yoshli futbolchining shartnomasini 1-2 yilga uzaytirmoqchi. Bunda yangi shartnoma bo'yicha Modrichning maoshi ko'tariladi. Peres Modrichning faoliyati Madridda tugashini istamoqda.
Modrich 2012 yildan buyon "Real"da o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilda tugaydi. Uni "Inter" kuzatyotgani xabar qilingan.