«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya kubogi yarim final bosqichida bo'ladigan «Barselona»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Real» – hamisha favorit. Men buni kamtarlik bilan aytyapman. Biz g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz eyforiyaga berilmaymiz. Biz barcha energiyamizni navbatdagi o'yinga yo'naltiramiz. Jadvalda oradagi farqni qisqartirishga tashnamiz. Bu yo'nalishda oxirigacha kurashamiz», – dedi Solari.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» – «Real» bahsi 6 fevral, javob o'yini esa 27 fevral kuni bo'lib o'tadi.