Kataloniyaning “Barselona” klubi sardori Lionel Messi “Valensiya”ga qarshi bahsda kichik jarohat oldi.
RAC1ʼning xabariga ko'ra, birinchi yordam natijasiga ko'ra jarohat unchalik jiddiymas. Biroq futbolchi dushanba kuni tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” 6 fevral kuni Ispaniya kubogidan o'rin olgan yarim final uchrashuvida “Real”ga qarshi maydonga tushadi.
Yaqin vaqt ichida Messi mazkur o'yinda ishtirok etish yoki etmasligi aniq bo'ladi.