«Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua madridliklar safida «Chelsi»dagi sobiq safdoshi Eden Azarni ko'rish niyatida ekanini aytib o'tdi.
– Siz «Real»da kimni ko'rishni xohlardingiz – Azar yoki Neymar?
– Albatta, men Edenni tanlagan bo'lardim. U menga yoqadi. Ammo tanlovni rahbariyat amalga oshiradi.
Nima bo'lishini bilmayman. Bu savol menga emas, balki direktorlar kengashi va menejment vakillariga berilishi kerak.
Hozirda Karim Benzema yaxshi formada va u 17ta gol urishga erishdi. Garet Beyl mavsumni ajoyib boshladi, ammo keyinchalik jarohatlar bilan kurashishiga to'g'ri keldi. Ko'rib turganingizdek, bizning saviyamiz etarli darajada, biroq ba'zida gol ura olmayapmiz, – deydi Kurtua.