Turinning “Yuventus” klubi “Real” himoyachisi Marseloni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Mavsum tugagach, turinliklar braziliyalik futbolchi uchun 45 millionlik evrolik taklif yubormoqchi. Futbolchining o'ziga esa yiliga 12 million evro berishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Marseloning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.