«Barselona» darvozaboni Yasper Sillessen mashg'ulot chog'ida jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Posbonning boldir mushagi lat egan. Ushbu jarohat tufayli u olti hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa, gollandiyalik futbolchi Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi kechadigan har ikkala o'yinni o'tkazib yuboradi. Sillessen safga qaytgunga qadar 19 yoshli Inyaki Penya "Barselona"ning zaxira darvozaboni vazifasini o'taydi.
Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida o'tkazilgan «Sevilya»ga qarshi o'yinda (6:1) Sillessen asosiy tarkibda maydonga tushib, Ever Banega tomonidan yo'llangan penaltini bartaraf etdi.