"Malorka"ning markaziy himoyachilari Pablo Ramon va Xavi Sintes faoliyatlarini "Real"da davom ettiradilar.
As xabariga ko'ra, madridliklar ikkki 17 yoshli futbolchilarni 1 mln evroga sotib olgan. Futbolchilar mavsum oxirigacha "Malorka"da qoladilar.
Sintes Ispaniya terma jamoasida (U-17) o'ynagan, Ramon U-18 terma jamoasining o'ng qanot himoyachisi hisoblanadi.
"Real" 2014 yilda xuddi shu yo'l bilan "Malorka"dan Marko Asensioni sotib olgan edi.