Ispaniya kubogining yarim final bosqichiga hozirgina qur'a tashlandi. Yarim finalda muxlislar "el-klasiko"ga guvoh bo'lishadi.
"Barselona" dastlab o'z maydonida "Real Madrid"ni qabul qilsa, javob o'yini "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Yarim finalning ikkinchi juftligida "Betis" va "Valensiya" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.
Ispaniya kubogi. Yarim final juftliklari
"BARSELONA" - "REAL MADRID"
"BETIS" - "VALENSIYa"
Dastlabki o'yinlar 5-6 fevral, javob bahslari 26-27 fevral kunlari o'tkaziladi. Final esa 25 may kuni Sevilya shahridagi "Betis" klubiga qarashli «Benito Vilyamarin» stadionida bo'lib o'tadi.