Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzema «Real» to'purarlar ro'yxatida ko'tarilishga erishdi

«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida «Jirona»ga qarshi bo'lib o'tgan javob bahsida ikkita gol urdi.

.
- Yuklab olish

«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida «Jirona»ga qarshi bo'lib o'tgan javob bahsida ikkita gol urdi.

Frantsiyalik futbolchining "Qirollik klubi" safidagi jami gollari soni 209taga etdi. U La ligada — 136, EChLda — 47, Ispaniya kubogida — 20, Klublar o'rtasidagi JChda — 3, Ispaniya superkubogida — 2 va UEFA superkubogida 1ta golga mualliflik qilgan.

Shu tariqa, Karim «Real» tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Benzema 208ta gol urgan Ugo Sanchesni ortda qoldirdi.

Faktlar:
— To'purarlar ro'yxatining beshinchi pog'onasini 237ta gol bilan Ferents Pushkash egallab turibdi.
— To'rtinchi o'rindagi Karlos Santilyana hisobida 288ta gol mavjud.
— Kuchli uchlik esa Krishtianu Ronaldu (451), Raul (323), Alfredo Di Stefano (307)dan iborat.

BestMaster
1 Fevral 2019, 10:30
benzema, «real», topurarlar, royxatida, kotarilishga, erishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 halamadrid2  
Nasib etsa Benzema albatta kamida Raulning rekordini yangilay oladi. Unga omad yor bölishini tilab qolaman.
1 Fevral 2019, 21:08
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads