Ispaniya kubogining chorak final bosqichi yakuniga etib, yarim finalga chiqqan jamoalar nomi bo'ldi. Yarim finalchilar — "Valensiya", "Betis", "Barselona" va "Real Madrid".
Bugun musobaqaning yarim final bosqichi uchun qur'a tashlanadi. Qur'a marosimi Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.
Qur'a jarayoni "ko'r-ko'rona" printsipi asosida o'tkaziladi. Ushbu bosqichda muxlislar "el-klasiko" guvohiga aylanishi ehtimoli ham yo'q emas. Dastlabki o'yinlar 5-6 fevral, javob bahslari 26-27 fevral kunlari o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun. "Barselona" va "Real" La liga doirasida 3 mart kuni o'zaro to'qnash kelishadi.
Final esa 25 may kuni Sevilya shahridagi "Betis" klubiga qarashli «Benito Vilyamarin» stadionida bo'lib o'tadi.