"Real" klubi himoyachisi va hozirda "Borussiya"da to'p surayotgan Ashraf Hakimining agenti Alexandro Kamano mijozining kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Garchi Ashraf dortmundilklar ustozi Lyusen Favr qo'l ostida muvaffaqiyatli to'p surayotgan bo'lsada, ijara muddati tugaganidan so'ng u "Real"ga qaytishi kerak.
Albatta, Hakimi proffesional rivojlanishida ko'mak bergani uchun "Borussiya" klubidan minnatdor", — deydi futbolchining agenti.
Hakimi 2018 yilning yozida "Real"dan dortmundliklar safiga kelib qo'shildi. Ijara muddati ikki yilni tashkil qiladi. Ushbu mavsum Hakimi «arilar» tarkibida 14 o'yin o'tkazib, 2 gol va 4ta gollik pasga muallif bo'ldi.