«Real» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. The Sun tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" 21 yoshli futbolchini yozda qo'lga kiritish uchun 100 million funt sterling taklif qilmoqchi.
«MYu» esa mavsum so'ngida Reshford bilan shartnomani uzaytirishni ko'zlamoqda. O'z navbatida madridliklar Reshfordga katta maosh va asosiy tarkibdan joy va'da qilishdi.
Faktlar:
— Hujumchi ushbu mavsumda «Yunayted» safida 29 marta maydonga tushib, 9ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.
— Reshfordning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning iyul oyida yakuniga etadi.