«Manchester Siti» klubi «Real» yarim himoyachisi Iskoni qo'lga kiritish uchun harakatni davom ettirmoqda. Okdiario tarqatgan xabarga ko'ra, "shaharliklar" ispaniyalik futbolchi uchun "Qirollik klubi"ga 50 million evro taklif qilishdi. Ammo «Real» bu taklifga rad javobini berdi.
Madridliklar hozircha futbolchini sotishmoqchi emas. "Qaymoqranglilar" rahbariyatining fikricha, Iskoning ayni paytdagi yomon formasi murabbiy Santyago Solari bilan yuzaga kelayotgan mojaro bilan bog'liq.
Yarim himoyachi ushub mavsumda «Real» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.