Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas mashg'ulotlarga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, kostarikalik darvozabon mashg'ulotlar vaqtida jarohat olib, safdan chiqqan edi.
Ma'lumot uchun, Keylor Navas “qirollik klubi”ga Tibo Kurtua kelgach asosiy tarkibdagi o'rnini oldirib qo'ydi.