"Real" yarimhimoyachisi Vinisius La liga doirasida "Espanol" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng(4:2) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Braziliyalik 18 yoshli futbolchi qatorasiga ettinchi marta madridliklarning boshlang'ich tarkibida maydonga tushmoqda.
"Asosiy tarkibda muhim o'rnim bor, deb hisoblamayman, chunki "Real"ga yaqinda keldim va yoshman.
Albatta, o'ynayotganimdan xursandman. Bu menga o'sishga va "Real"ga yordam berishga imkon beradi, bu o'ta muhim.
Murabbiy mendan maydonda xarakter ko'rsatishimni so'ramoqda va men bunga harakat qilchpman, sheriklarim ham yordam berishmoqda.
Jamoa yaxshi formada bo'lib turibdi. Beyl va Asensio kabi o'yinchilar safga qaytishmoqda.. Chempionlar ligasiga optimal formada tayyor bo'lamiz", - deydi Vinisius.