"Real" hujumchisi Karim Benzema "Espanol" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:2)fikrlarini bildirdi.
- Bu ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yiningizmi?
- Bilmayman. Men har o'yinda tirishaman va gol urishga, to'p oshirishga va boshqa narsalar qilishga harakat qilaman. Odamlar hujumchilardan gol talab qiladilar, ammo men o'zimni qalban "o'ninchi" bo'lgan "to'qqizinchi" deb hisoblayman.
- Jamoa o'syaptimi?
- Biz shu yo'ldan bormoqdamiz va davom etamiz. Har o'yinda eng yaxshi ekanimizni isbotlashimiz kerak. Ha, hozir o'yinimizda jadallik ko'rina boshladi. Hammamizad futbol bor chunki biz - Madridmiz. Yildan yilga qiynlashib bormoqda. Raqiblar kuchli va biz qattiq kurashishimiz kerak", - deydi Benzema.