«Real» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappeni qo'lga kiritish uchun xatti-harakatlarni to'xtatmayapti.
Ma'lumotlarga qaraganda, madridliklar prezidenti Florentino Peresning shaxsan o'zi Frantsiya-Angliya o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan keyin 18 yoshli futbolchi bilan Parijda uchrashdi va Mbappeni «Real»ga o'tish uchun ko'ndirishga harakat qildi.
Shu bilan birga «Real» Mbappega asosiy tarkibda joyni bo'shatish maqsadida yarim himoyachi Garet Beylni sotishga tayyor.
Bundan tashqari, shu kunlarda paydo bo'lgan yangi xabarga ko'ra, Mbappe «Real»ga o'tish borasida Zayniddin Zidan bilan suhbatlashmagan.
Hujumchining o'zi «Monako»da qolishni istamoqda, agar klubning kuchli tarkibi saqlanib qoladigan bo'lsa. Agar himoyachi Benjamen Mendi va yarim himoyachi Tom Lemar monakoliklar safini tark etadigan bo'lsa, Mbappe o'z qarorini o'zgartirishi mumkin.
Avvalroq Bernardu Silva «Monako»dan «Manchester Siti»ga o'tgandi. Temue Bakayoko va Fabino «Chelsi» va «Manchester Yunayted»ga o'tishga yaqin turishibdi.