Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl mashg'ulotlarga qaytdi.
Esingizda bo'lsa, uelslik futbolchini “Vilyarreal”ga qarshi o'yinda chap oyog'i mushagida cho'zilish yuz bergan edi va shu qatori u 10-15 kunga safdan chiqgan edi.
Shuningdek, Beyl “Real Sosedad”, “Leganes” va “Betis”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarda maydonga tushmadi.
Ma'lumot o'rnida, bugun qirollik klubi Kataloniyaning “Espanol” klubiga qarshi maydonga tushadi.