«Tottenxem» klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen «Real»ga o'tmaydigan ko'rinadi.
«Real» Eriksen tranferi uchun 56 million evrodan 84 million evrogacha pul sarflashga tayyor edi, biroq «Tottenxem» prezidenti Deniel Levi jamoa etakchisi uchun 250 mln so'ramoqda.
Ispan klubi Eriksenning transferidan voz kechgan, deya xabar qilmoqda AS nashri. «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Bavariya» va «Yuventus» klublari esa daniyalik futbolchiga bo'lgan qiziqishlarini saqlab turishibdi.
26 futbolchi londonliklar safida kam maosh olayotganidan norozi va u jamoa bilan 2020 yilga qadar mo'ljallangan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamayapti.