"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning do'sti — «Lill» sport direktori Luish Kampush vatandoshining «PSJ»ga o'tish imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Men bilmayman. U menga aytdiki, o'ylab ko'rish uchun unga bir necha kun vaqt kerak. Bu normal holat.
«Real» bilan bog'liq vaziyat biroz tarang. Buni tushunish mumkin, ammo o'ylab ko'rish va to'g'ri qaror qabul qilish uchun Krishtianuda etarli vaqt bor. Bunga ishonchim komil. Ronaldu bilan tez-tez gaplashib turaman, u bor e'tiborini o'z ishiga qaratgan.
Soliq bilan bog'liq ishlardan uning hafsalasi pir bo'lgan. Ro'y bergan voqealar uning qalbini yaralaydi. U jahonning barcha burchaklaridan o'z obro'sini saqlab qolishga harakat qiladi. Shu bois, u qiyin davrni boshidan kechirmoqda», – dedi Kampush.
Avval xabar berilganidek, soliq bilan bog'liq muammolar tufayli Ronaldu yozda «Real»ni tark etmoqchi.