“Real” hujumchisi Karim Benzema jarrohlik amaliyotiga muhtoj emas deb xabar beradi Marca.
Manbaning xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi barmog'i sinmagani ma'lum bo'ldi. Shuning uchun, bu holatda jarrohlik aralashuvining hojati qolmagan
Biroq, frantsiyalik hujumchi uch hafta davomida maxsus bandaj kiyib yurishi talab etiladi.
Ma'lumot o'rnida, Benzema joriy mavsum “Real” safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golga assisentlik qildi.