«Barselona» klubi yangi futbolchisiga aylangan Kevin-Prins Boateng o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi. «Sassuolo» uni «ko'k-anorranglilar»ga yarim yilga ijaraga berdi.
«Bu jiddiy sinov. Bu erga asosiy tarkib futbolchisi sifatida kelmaganimni tushunib turibman. Shunga qaramay, mening maqsadim — klubda muvaffaqiyatli o'ynash va bu erda uzoq yillar qolish.
Hozir 32 yoshdaman. «To'qqizinchi raqamli futbolchi» vazifasini bajarish menga to'g'ri keladi. Ishonamanki, o'z xususiyatlarim orqali jamoaga nafim tegadi. «Sassuolo» bilan xayrlashish og'ir bo'ldi. Men u erda haqiqatan baxtli edim, ammo «Barselona»ga rad javobini berish qiyin.
Bor e'tiborimni yangi jamoaga qaratganman. Navbatdagi el-klasikoda gol urishga umid qilaman», – dedi futbolchi Marca nashriga bergan intervyusida.
Kataloniyaliklarning «Real»ga qarshi navbatdagi bahsi 3 mart kuni «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi. Azaliy raqiblar Ispaniya kubogining yarim finalida to'qnash kelib qolish ehtimoli ham yo'q emas. Bunday holatda "klasiko" yanada ertaroq ro'y beradi.