Madridning “Real” klubi “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda OK DIARIO xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi” belgiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashga kelishib oldi. Azar “Real”da yiliga 13 million evro maosh oladi. Shuningdek, agar “Real” La Liga g'olibligini qo'lga kiritsa futbolchi 1 million ervo bonus oladi, “Oltin to'p”ni qo'lga kiritsa yana 1 mln evro. Agar madridliklar EChLda g'olib bo'lsa Azar 1,5 million evro bonus oldai.
Endi, “Real” “Chelsi” bilan futbolchining transfer narxi bo'yicha kelishuvga erishishi kerak. Londonliklar futbolchini 112 million evroga qo'yib yubormoqchi, biroq “Real” esa futbolchi uchun 75 million evro to'lamoqchi.