Madridda "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ustidan sud majlisi bo'lib o'tdi. Futbolchi 2011 yildan 2014 yilgacha bo'lgan muddatda moliyaviy jinoyatlarga qo'l urganini tan oldi.
Football Italia nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi 23 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo Ispaniya qonunchiligiga ko'ra, bu muddat 2 yildan kam bo'lgani tufayli Ronaldu bu muddatni qamoqxonada o'tamaydi.
Forvard shuningdek, 18,8 mln evro miqdorida jarima to'lashga rozi bo'lgan. Muqaddam u Ispaniya g'aznasiga 13,4 million evroni qaytargandi.
Tergov ma'lumotiga ko'ra, Ronaldu Ispaniyada, "Real" safida to'p surganida 4 holatda soliqlarni to'lashdan qochgan va davlatga jami 14,7 mln evro miqdorida zarar keltirgan.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2018 yil yozida "Yuventus"ga transfer qilingandi