"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun Madrid sudi oldida ko'rsatma beradi. Taxminlarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi o'z aybini tan oladi va shartli qamoq jazosini oladi.
Xabaringiz bor, portugaliyalik futbolchi "Real"dagi faoliyati davomida qiyofa huquqini sotishdan olgan daromadlarini soliq organlaridan yashirgan. U 14,7 million evroni Ispaniyadan tashqaridagi xufiya kompaniyalarga o'tkazgan.
33 yoshli futbolchi aybini tan olsa, 19 million evro miqdorida jarima to'laydi va shartli qamoq jazosini oladi.