"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari ortiqcha vazn tufayli himoyachi Marseloni boshlang'ich tarkibga qo'shmay qo'ydi.
Onda Cero nashrining yozishicha, braziliyalik 30 yoshli fubolchi normadagidan 6 kg og'irroq tosh bosyapti. Shuning uchun Marselo Ispaniya chempionatida "Sevilya"ga qarshi o'yinda (2:0) maydonga tushmadi.
Marselo Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 11 o'yinda 2 ta gol urgan va yana shuncha golga to'p oshirgan.