“Portu” himoyachisi Eder Militao faoliyatini “Real”da davom ettiradi.
As nashrining xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” 21 yoshli futbolchi uchun 50 million evro to'lashga rozi bo'lgan. Futbolchi madridliklar bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Militao 24 ta o'yinda 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.