"Monako" rahbarlari jamoa hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirishmoqchi.
Amalda Kilianning shartnomasi 2019-yil yakuniga yetadi va u hozirda 80 ming yevro maosh oladi. Yangi shartnomaga ko'ra esa u 960 ming yevro oylik maosh olishi rejalashtirilgan.
Bu bilan knyazliklar Mbappening saviyasini Radamel Falkaonikidan ham yuqori qilishmoqchi. Hozirda Falkao oyiga 700 ming yevro, yiliga esa 8,4 mln yevro maosh oladi.
Hozirda "Real" "Monako"ga 18 yoshli futbolchi uchun 130 mln yevro + yana qo'shimcha bonuslar taklif etmoqda. Biroq, "Monako" bu taklifni rad etdi, sababi ular ushbu yozda Mbappeni sotish niyatida emas. Futbolchining o'zi ham bu qarorni ma'qulladi.