«Real» klubining ikki nafar sobiq futbolchilari – Krishtianu Ronaldu va Xabi Alonso 22 yanvar kuni Ispaniya sudida ishtirok etib, ko'rsatma beradi. Ular soliq to'lashdan bosh tortish maqsadida o'z daromadlarini yashirganlikda ayblanmoqda.
Taxminlarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi ikki yillik shartli qamoq jazosini olsa, Alonso 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Faktlar:
— Ronaldu hozirda «Yuventus» sharafini himoya qilmoqda.
— Alonso esa «Real» o'smirlar jamoasini boshqarmoqda.
— Futbolchilar 2009-2014 yillarda "qaymoqranglilar" safida birgalikda faoliyat olib borishgan.