Madridning “Real” klubi darvozabon Keylor Navas jarohat olganini ma'lum qildi. Darvozabon qachon safga qaytishi hozircha noma'lum.
Eslatib o'tamiz, klubning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua esa jarohatdan yaqindagina forig' bo'lgan edi. “Real”ning qolgan posbonlari Kiko Kasilya “Lids” futbolchisiga aylangan bo'lsa, ijaradagi Andrey Lunin klubga qaytishdan bosh tortdi.
Demak, jamoada birgina asosiy darvozabon qoldi xolos!