«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari jamoa himoyachisi Marseloning ishga bo'lgan munosabatidan norozi bo'lmoqda.
Onda Cero tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar ustozi braziliyalik futbolchini noprofessionallikda ayblamoqda. Solari bosh murabbiyga aylanganidan keyin himoyachi atigi 3ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Boisi, Marseloning formasidan Santyago qoniqish hosil qilmayapti. Futbolchi 6 kilo ortiqcha vazn yig'ib yuborgan.
Marseloning muammosi faqatgina ortiqcha vazn bilan bog'liq emas. Uning mashg'ulotda o'zini tutishi murabbiyga yoqmayapti. Katta ehtimol bilan Marselo La liganing navbatdagi turida bo'ladigan «Sevilya»ga qarshi o'yinda ham maydonga tushmasa kerak.