“Chelsi” klubi Eden Azar borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda “Le 10 Sport” xabar berdi.
Nashrga ko'ra, “aristokratlar” 28 yoshli futbolchidan tekinga ayrilishni istamayapti va uni boshqa jamoaga sotishga tayyor. Ma'lumot uchun, Eden Azar 2020 yilda yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirishni istamadi. Agar London klubi uni sotmasa, futbolchi jamoani erkin agent sifatida tekinga tark etadi. Shu bois “Chelsi”da boshqa iloj qolmadi.
Azar uchun asosiy da'vogar “Real” bo'lib turibdi.