«Real» klubi prezidenti 2019 yil yozida tarkibni butunlay yangilamoqchi. Bu haqda «AS» nashri xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, yozda «qirollik klubi»ni Keylor Navas, Xesus Valexo, Marselo, Luka Modrich, Isko, Garet Beyl va Mariano Dias tark etadi. Peresning fikricha, bu futbolchilar endi yuqori darajada o'ynay olishmaydi. Shu bois yozgacha «Real» boshqa futbolchilar izlaydi.