“Real” klubi yarim himoyachisi Isko Qirol kubogi 1/8 finali doirasida “Leganes”ga qarshi kechgan javob o'yini vaqtida Solarining qo'lini siqib qo'yishni istamagan.
26 yoshli futbolchi 68-daqiqada zaxiraga olingan, u maydondan chiqib ketayotganida esa bosh murabbiy Santyago Solari bilan ko'rishishni xohlamagan. Ayni damda kam o'yin amaliyoti tufayli ispaniyalik futbolchi argentinalik mutaxassis bilan kelisha olmayapti.