“Real” bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya kubogining 1/8 finalida doirasida “Leganes”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Barcha futbolchilarga o'yin amaliyoti kerak ular buni olishdi. Tan olish kerak “Real” yomon o'ynadi lekin, asosiymi biz keyingi bosqichga o'tdik. Men musobaqadan chiqib ketish haqida umuman o'ylamadim.
Bu o'yinda hujumga ko'proq o'tmaganimiz eng katta xatoyimiz bo'ldi. Bizga Benzema etishmadi. Umid qilamanki, u “Sevilya”ga qarshi o'yingacha safga qaytadi”, - deydi Solari Marca nashriga bergan intervyusida.