“AS”nashrining yozishicha, “Tottenxem” Kristian Eriksonni “Real”ga sotishga rozi.
Manbaga ko'ra, daniyalik futbolchi shartnomani uzaytirishni rad etgach, “shporlar” uni sotishga qaror qilishgan. Hatto Eriksonning narxini 250 mln evrodan 100 mln evrogacha tushirishgan. Futbolchining shartnomasi 2020 yilda tugaydi. Erikson ham “Real”ga o'tishni istamoqda.