"RB Leyptsig" klubi Timo Vernerni jamoaning eng yuqori maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor. Bu haqda “Bulinews” xabar berdi.
Manbaning yozishicha, nemis klubi hujumchi bilan shartnomani uzaytirish umidida va unga yiliga 6 million evro maosh taklif qilyapti.
Ta'kidlash kerakki, Vernerning amaldagi shartnomasi 2020 yilda tugaydi. Unga "Real", "Bavariya" vaDortmundning "Borussiya"si qiziqmoqda.
Agar Verner yaqin vaqt ichida klubi bilan muzokara olib bormasa, yozda “Leyptsig” uni sotishga majbur bo'lishi mumkin. Hujumchining narxi 65 million evroga teng.