"Real" klubi jamoaning to'qqiz yillik etakchisi Krishtianu Ronaldudan butunlay voz kechmoqda. Futbolchi "Yuventus"ga o'tganidan keyin Madrid klubi rahbariyati shunday qarorga kelgan.
Jurnalistlar bir qator jihatlarga e'tibor qaratishdi. Klub saytida Ronalduning o'rni juda kamaytirilgan. Jamoaning oxirgi yutuqlarida Krishtianu bor, ammo asosiy plandan tushirib qoldirilgan. Shu bilan birga, UEFA ramziy terma jamoasiga kiritilgan futbolchilari haqida bildirilgan munosabatda klub Modrich, Varan, Ramos va Marseloni qora chiziqlarda ajratib ko'rsatgan. 2018 yilda Real ning EChLni qo'lga kiritishiga munosib hissa qo'shgan Ronalduga esa e'tibor ham berilmagan.
Shuningdek, Ronaldu "Yuventus"ga o'tgach, "Real" uni klubning Twitter, Facebook va Instagramdagi sahifalarini kuzatib borish huquqidan mahrum qildi.
Jurnalistlarning aytishicha, Ronaldu "Real"ning kanalidan foydalana olmasligi ham mumkin. Qizig'i, "Real"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Ronaldu ishtirok etgan golli holatlarni topish imkoni ham kamayib bormoqda, uning o'rniga Krishtianu qatnashmagan golli holatlar va xavfli vaziyatlar joylashtirilmoqda.
Bundan tashqari, kiyim almashtirish xonasida "Real" afsonalari qatorida Ronalduning o'rnini boshqa futbolchilar egalladi.
Fikrimizning isbotini quyidagi suratlarda ko'rishingiz mumkin. FOTOGALEREYa