«Real» yarim himoyachisi Isko qishki transfer paytida jamoani tark etishni istamoqda. Bu haqda Tuttomercatoweb xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchi nafaqat bosh murabbiy Santyago Solari bilan, bilan klub sardori Serxio Ramos bilan ham munosabatlarini yomonlashtirib qo'ygan.
U o'z do'stlariga faoliyatini Italiyada davom ettirmoqchi ekanini aytgan. Angliya chempionati esa Iskoga u qadar qiziq emas. Boisi, futbolchiga Britaniyaning ob-havosi va hayot tarzi yoqmaydi.